Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Endi bozorlardagi yerda, yo‘laklarda sotuvchilik qilayotganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Endi bozorlardagi yerda, yo‘laklarda sotuvchilik qilayotganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Vazirlar mahkamasining ayrim qarorlariga qo‘shimcha kiritilish mumkin. Xususan, 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarorida beligalangan chakana savdo bilan bog‘liq qoida 4-2 kichik band bilan to‘ldiriladi:

“4-2. Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”;

189-band (Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi) quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) taqiqlangan joylarda sotish”.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 13-bandi (Bozor hududida quyidagilar taqiqlanadi) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yo‘laklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”.
 

Kiritildi: 10:08 25.12.2019. O'qildi: 2551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!