Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Endi bepul: qaysi transport vositalariga maxsus ruxsatnoma berilishi aytildi

Endi bepul: qaysi transport vositalariga maxsus ruxsatnoma berilishi aytildi

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi xabar beradi.

 Ma’lumki, jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda.

Yurtimizda ham koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, aholi sog‘lig‘ini saqlash maqsadida qator cheklov choralari joriy etildi.

Xususan, ta’lim muassasalari ta’tilga chiqarildi, oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan boshqa savdo ob’ektlarining faoliyati to‘xtatildi, ko‘plab tashkilotlarda xodimlar mehnat ta’tiliga chiqarildi yoki masaofaviy ishlashga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi.

Shunga ko‘ra Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 10000 dan ortiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 6000 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.

Hozirga paytgacha 1 kun ichida tezkor ravishda 5500 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazidagi Davlat xizmatlari markazlariga ko‘plab fuqarolar tashrifi kuzatildi.

Bu hol karantin talablarining buzilishiga, ko‘plab fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari aynan shu masalada fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlar bo‘ldi.

Shuning uchun amaldagi tartibni takomillashtirib, respublikada avtotransport harakati bilan bog‘liq kelib tushgan takliflarni e’tiborga olib, yangi tartib ishlab chiqildi.

Endilikda avtotransport vositalarini boshqarish uchun berilaligan ruxsatnoma (stiker) uchun arizani masofadan turib, ya’ni onlayn tarzda topshirilishi bo‘yicha tizim joriy etildi.

Unga ko‘ra, maxsus ruxsatnomani berish bepul amalga oshiriladi.

Buning uchun onlayn shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida so‘rovnoma to‘ldirilishi lozim.

Tartibga ko‘ra, quyidagi turdagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma beriladi:

  • birinchi, oziq-ovqat mahsulotlari (jumladan tamaki va alkogol) va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqaruvchi va realizasiya qiluvchi tadbirkorlar va u yerda ishlaydigan xodimlarning avtotransport vositalariga. Bunda dorixonalar uchun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi;
  • ikkinchi, umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmatini (kuryer va “dostavka”) ko‘rsatayotgan avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur korxonalarda doimiy ishlovchi xodimlarning shaxsiy avtotransportiga;
  • uchinchi, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli M1 toifadagi avtotransport vositalariga.

Shuningdek, ishlab chiqarish va texnologik jarayoni to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar, gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, dehqon bozorlarining xodimlariga tegishli vazirlik va idoralarning Adliya vazirligiga kiritadigan murojaatiga asosan alohida ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi.

Kiritildi: 00:03 31.03.2020. O'qildi: 2940 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!