Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

 Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

Qonun (O‘RQ–1121-son, 11.03.2026 y.) bilan aJinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔰 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish,

➖ fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

📌 Amaldagi tahrirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

🗒 Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish,

➖ BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilandi.

📌 Amaldagi tahrirda jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda belgilangan.

📙 Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik, –

➖ BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.

📌 Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.

👉 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!