Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ehtiyot bo‘ling! Qarishni tezlashtiruvchi omillar

Ehtiyot bo‘ling! Qarishni tezlashtiruvchi omillar

Yosh o‘tgan sari ayollarda bir savol paydo bo‘ladi. Qanday yosh ko‘rinish mumkin? To‘g‘ri, bunga yillar o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ammo yuzni to‘g‘ri parvarishlash, ko‘proq e’tibor berish, zararli odatlardan voz kechish yuzdagi qarish jarayonini sekinlashtirishi mumkin.

Yuzni tozalash

Yuz terisini tozalash, ya’ni terining o‘lik parchalaridan xalos bo‘lish — bu yaxshi, albatta. Biroq bunday muolajani haftasiga ikki martadan ortiq qilish mumkin emas. Aks holda, u epidermis qatlamidagi hujayralarga zarar yetkazib, terini shamollashga moyil qilib qo‘yadi va shu yo‘sinda teri qurishini keltirib chiqaradi.

Quyosh nuri

Ko‘pchilik ayollar quyosh nurlaridan saqlovchi kremlardan faqat quyoshda toblanish vaqtida foydalanishadi. Aslida bunday vositalardan nafaqat quyoshda, balki issiq ob-havoda, ko‘chaga chiqishdan oldin surtish ijobiy natija beradi.

Vitaminsiz oziqa

Noto‘g‘ri ovqatlanish tashqi ko‘rinishgagina salbiy ta’sir ko‘rsatib qolmay, balki teri holatini ham yomonlashtiradi. Shuning uchun mutaxassislar meva va sabzavotlarni har to‘rt soatda yeb turishni maslahat berishadi. Tamaddi paytida qovurilgan kartoshka o‘rniga olma iste’mol qilsangiz tez hazm bo‘lib, oshqozonni zo‘riqtirmaydi.

Uyqu

Uyqu kishi salomatligi va go‘zalligini ta’minlovchi omillardan biridir. Uning to‘laqonli, ya’ni 8 soatli bo‘lishi esa yanada yaxshi. Aks holda, ko‘z tagidagi ko‘k dog‘lar, yuz rangining xiralashishi, charchoq kabi oqibatlar ertami-kech barvaqt qarishga olib keladi.

Kam suv ichish

Kuniga kamida 8 stakan suv ichish kerakligi haqida ko‘p va ho‘p gapirilgan. Darhaqiqat, toza suv —  go‘zallikning eng oddiy sirlaridan biridir.

Kiritildi: 07:30 16.09.2019. O'qildi: 4634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!