Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

DXX Surxondaryoda giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX Surxondaryoda giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi

O‘zining global ahamiyatini yo‘qotmagan giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga, xususan, zahri qotilning mamlakatimiz hududiga kirib kelishi va tarqalishiga qarshi kurashish borasida respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan keskin choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi fuqarolar Xursand Ollaberganov va Matnazar Vaisov 2 kg 789 gr. opiy giyohvand moddasini Xorazm viloyatiga olib ketayotganlarida Denov shahrida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, Xursand Ollaberganov ushbu giyohvand moddalarni Tojikiston hududiga o‘tib, mahalliy fuqarodan 5200 AQSh dollariga O‘zbekistonga o‘tkazib berish sharti bilan sotib olgan va kelishilganidek tojikistonlik fuqaro ushbu og‘uni aylanma yo‘llar orqali mamlakatimizga o‘tkazib bergan.

1983 y.t. Xursand Ollaberganov va 1977 y.t. Matnazar Vaisovlarning har ikkalasi ham muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Afsuski, ular o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, yana shunday noqonuniy ishga qo‘l urishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasining 2-qismi va 273-moddasining 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uza. uz

Kiritildi: 07:00 20.07.2019. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!