Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

DW: “Gruziya orzusi” saylovlardagi boykot va namoyishlar fonida Gruziyada mahalliy saylovlarda g‘alaba qozonganini e’lon qildi

DW: “Gruziya orzusi” saylovlardagi boykot va namoyishlar fonida Gruziyada mahalliy saylovlarda g‘alaba qozonganini e’lon qildi

"4 oktyabr kuni Gruziyada mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi barcha hududlarda g‘alaba qozonib, taxminan 81 foiz ovoz oldi. Biroq muxolifat hukumat tomonidan ovozlar soxtalashtirilishi va turli bosimlar bo‘layotganini bildirdi va saylovlarni boykot qildi. Ayrim munisipalitetlarda “Gruziya orzusi” vakillari byulletenlarda yagona nomzod sifatida ko‘rsatildi", deya yozmoqda nashr.

Bundan tashqari, saylovdagi ishtirok rekord darajada past bo‘lib, unda umumiy saylovchilarning atigi 40 foizi, Tbilisida esa faqatgina 31 foizi qatnashdi. Xalqaro kuzatuvchilar saylovda ishtirok etmadi, ayrim xorijiy nashr jurnalistlari mamlakatga kiritilmadi.

“Lelo” va “Gaxariya Gruziya uchun” muxolif partiyalari saylovda qatnashdi va ovoz berish jarayonida ko‘plab qonunbuzarliklar yuz berganini ma’lum qildi.

Saylov kuni muxolifat norozilik namoyishi o‘tkazdi. Kechga borib, Tbilisi ko‘chalariga o‘n minglab odamlar chiqdi. Namoyishchilar prezident saroyiga bostirib kirishga urinishdi, bu esa polisiya bilan to‘qnashuvlarga olib keldi. Huquq-tartibot kuchlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalandi. Bir nechta odam jarohatlandi, ko‘plab namoyishchilar hibsga olindi.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bu voqealarni "davlat to‘ntarishiga urinish" deb atadi va yangi hibsga olishlar bo‘lishini va’da qildi. Sobiq prezident Salome Zurabishvili va ayrim muxolifat yetakchilari zo‘ravonlik harakatlarini qoralab, faqat tinch shaklda norozilik namoyishlari o‘tkazishga chaqirdi.

Kiritildi: 13:29 05.10.2025. O'qildi: 1546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!