Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Do‘zax olovi bo‘lsa nima qilardingiz?

Do‘zax olovi bo‘lsa nima qilardingiz?

Abu Sa’iddan rivoyat qilinadi: «Abdulloh ibn Marzuq Mahdiy bilan to‘kin-sochinlikda edi. Bir kuni o‘yin-kulgi qilib, xamr ichib, peshin, asr va shom namozlarini o‘qimadi. Joriyasi har bir namozni eslatib tursa ham quloq solmadi. Nihoyat, xufton vaqti bo‘lganda joriya bir cho‘g‘ olib kelib, uning oyog‘iga tashladi. Abdulloh dodlab yubordi-yu, g‘azabga to‘lib: «Bu nima qilganing?!» deb baqirdi. Joriya: «Bu dunyo olovining atigi bir cho‘g‘i-ku! Do‘zax olovi bo‘lsa nima qilardingiz?» dedi. Bu gap Abdullohga cho‘g‘dan ham qattiq ta’sir qildi. U uzoq-uzoq yig‘lab, so‘ng namozga turdi.

Abdulloh joriyasi aytgan gapni uzoq tafakkur qilib yurdi. O‘ylab-o‘ylab, oxiri mol-mulkidan voz kechsagina gunohlaridan forig‘ bo‘lib, najot topishini tushunib yetdi. Joriyalarini ozod qildi, tijoratini to‘xtatdi, qolgan mol-davlatini sadaqa qilib yubordi. Ko‘kat sotib kun ko‘radigan bo‘ldi. U bilan o‘sha nasihatgo‘y joriyasigina qoldi. Joriya Sufyon ibn Uyayna bilan Fuzayl ibn Iyozni chaqirib keldi. Ular kelganda Abdulloh boshini birgina g‘isht ustiga qo‘yib yotgan edi. Sufyon ibn Uyayna: «Inson bir narsani Alloh uchun tark qilsa, Alloh uning o‘rniga nimadir berishi aniq. Alloh uchun shuncha mol-mulkingdan kechibsan, evaziga Alloh senga nima berdi?» deb so‘radi. Abdulloh: «Shu holimga rozi bo‘lish ne’matini berdi», dedi.

«Solihlar gulshani» kitobidan

Kiritildi: 05:30 23.10.2020. O'qildi: 3519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!