Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Dunyoning eng serdaromad aktyorlari e’lon qilindi

Dunyoning eng serdaromad aktyorlari e’lon qilindi

Gollivud aktyori Dueyn “Qoya” Jonson “Qasoskorlar”da suratga tushgan aktyorlar Kris Xemsvort va Kichik Robert Daunini ortda qoldirib, eng serdaromad aktyorlar ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Forbes’ga iqtibos keltirgan holda Entertainment Weekly nashri xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, aktyor 2018 yilning 1 iyunidan 2019 yilning 1 iyunigacha 89,4 mln dollar ishlab topgan. 

O‘tgan yil Jonson ishtirokida “Osmono‘par bino” filmi suratga chiqqandi. Bundan tashqari, u HBO telekanalidagi “Futbolchilar” serialining har bir seriyasi uchun 700 ming dollardan va kiyim-kechak, poyabzal va quloqchinlar qatoridan millionlab dollar ulush oladi. Aktyor, shuningdek, “Forsaj: Xobbs va Shou” filmi tushumidan foizlar oladi.

Ro‘yxatning 2- va 3-o‘rinlarini Kris Xemsvort (62,9 mln dollar) va Kichik Robert Dauni (66 mln) asosan “ Qasoskorlar: Intiho” filmidagi ishiroklari uchun egallashgan. Keyingi o‘rinlarni hind aktyori Akshay Kumar (65 mln) va afsonaviy Jeki Chan (58 mln) egallamoqda. 

Etakchi o‘ntalikka Bredli Kuper (57 mln), Adam Sendler (57 mln), Kris Evans (43,5 mln), Pol Radd (42 mln) va Uill Smit (35 mln) ham kirgan.

O‘tgan yilgi ro‘yxat yetakchisi Jorj Kluni o‘ntalikka ham kirmagan. 

Kiritildi: 04:45 22.08.2019. O'qildi: 4156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!