Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Dunyoga yangi kasallik xavf solmoqda. Asosiy nishon — bolalar (FOTO)

Dunyoga yangi kasallik xavf solmoqda. Asosiy nishon — bolalar (FOTO)

Dunyo bo‘ylab bolalar orasida "qizil olov" deya nom qo‘yilgan xastalik bilan kasallanish ko‘paymoqda. Olimlar yangi turdagi kasallikni qayd etishdi va ushbu kasallik tarqalishini koronavirus pandemiyasi bilan taqqoslamoqda, deb yozadi Mirror.

Shunday qilib, kasallik Streptococcus pyogenes bakteriyalarining "klonlari"dan kelib chiqadi. Shu bilan birga, mutaxassislar toksinlarni o‘zlashtirib olgan va "o‘z egasini yaxshiroq kolonizasiya qilish va boshqa shtammlarni bostirishga" imkon beradigan yangi klonlarni hosil qilgan ko‘plab bakteriyalarni aniqladilar. Kasallik, odatda, ikki yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuzatiladi.

Biroq, koronavirus singari, "qizil olov" ham yo‘talish yoki aksirish orqali tarqaladi. Belgilari — tomoq og‘rig‘i, isitma, bosh og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi va qizil toshma.

Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar tufayli kasallik hanuzgacha saqlanib kelinmoqda, deyishadi shifokorlar.

Kiritildi: 15:06 07.10.2020. O'qildi: 14207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!