Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Dunyodagi eng yirik bitkoin egalaridan biri sirli tarzda vafot etdi

Dunyodagi eng yirik bitkoin egalaridan biri sirli tarzda vafot etdi

Dunyodagi eng yirik bitkoin egalaridan biri Mircha Popesku Kosta-Rikada sirli tarzda vafot etdi, deb yozadi Trustnodes.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 23 iyun kuni 41 yoshli Mircha okeanga suzishga borgan, u yerda oqim uni olib ketgan va cho‘kib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar jasadni topishadi va uni hayotga qaytarishga harakat qilishadi, ammo uddalay olishmaydi.

2013 yilda Popesku SatoshiDice loyihasini 125 ming bitkoinga sotdi va MPEx birjasiga ham ikki yil egalik qildi. Milliarder bitkoin "insoniyatning eng muhim loyihasi" ekanligini ta’kidladi. Popesku oilasi uning raqamli aktivlaridan foydalana olmaydi va to‘plangan bitkoinlar bozorda abadiy yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Kiritildi: 21:44 28.06.2021. O'qildi: 4684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!