Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Dunyodagi eng yaxshi 5 ta farmasevtika kompaniyasi

Dunyodagi eng yaxshi 5 ta farmasevtika kompaniyasi

Zamonaviy texnologiyalar va ilmiy ishlanmalar ushbu kompaniyalarga yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish  va shu bilan birga yiliga o‘nlab va hatto yuz millionlab dollar foyda ko‘rish imkonini berdi. Reyting yillik mahsulot sotish hajmiga asoslangan.

1. Djonson & Djonson

Djonson & Djonson - bu Amerika farmasevtika kompaniyasi. Kompaniya 1886 yilda tashkil topgan va uchta asosiy ishlab chiqarish majmuasidan iborat: farmasevtika, tibbiy asboblar, diagnostika uskunalari.

Unda qariyb 128100 kishi ishlaydi. Kompaniya birinchi yordam uchun turli xil dori-darmonlarni ishlab chiqaradi. Djonson & Djonson kompaniyasining taniqli brendlaridan ba’zilari: Band-Aid, Tylenol, Neutrogena.

2012 yil dekabr oyida FDA Djonson & Djonson kompaniyasidan Sirturo preparatini ishlab chiqarishni ma’qulladi. Sirturo silga qarshi dori.

Sotish: 65,030,000,000 dollar

2.  Novartis

Bu Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan farmasevtika kompaniyasi. U 1996 yilda Ciba-Geigy ning Sandoz bilan qo‘shilishi orqali yaratilgan. Xodimlar soni 135 696 kishini tashkil qiladi.

2003 yilda  Novartis o‘zining Sandoz sho‘ba korxonasida faol generiklar ishlab chiqarishni boshladi. Kompaniya faoliyati oltita ishlab chiqarish bo‘limiga bo‘lingan:

1. Reseptsiz berilishi mumkin bo‘lgan dorilar;

2. Hayvonlar uchun preparatlar;

3. Vaksinalar;

4. Diagnostika vositalari;

5. Generiklar;

6. Katta buyurtmalar uchun preparatlar;

 Novartis tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy dorilar klozapin (Clozaril), diklofenak (voltaren), karbamazepin (Tegretol), valsartan (Diovan) va boshqalar.

Sotish: 57,92 milliard dollar

3.  Pfizer Inc.

Pfizer - Amerikaning farmasevtika kompaniyasi bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda va R & D kompaniyasining shtab-kvartirasi esa AQShning Konnektikut shahrida joylashgan. U 1849 yilda amakivachchalar Charlz Pfizer va Charlz Yerxart tomonidan tashkil etilgan.

Kompaniyada 78 ming xodim ishlaydi. Pfizer dorilar va vaksinalarni ishlab chiqaradi.Kompaniyaning mahsulotlari immunologiya, onkologiya, kardiologiya, diabetologiya, endokrinologiya va nevrologiya kabi turli tibbiyot sohalarida tanilgan. Pfizer mahsulotlariga Lipitor (atorvastatin), Lyrica (pregabalin), Diflukan (flukonazol), Zithromax  (azitromisin), Viagra (sildenafil) va  Celebrex (selekoksib) kabi mashhur dorilar kiradi.

Sotish: 52,7 milliard dollar

4.  Roche

Bu Shveysariyaning sog‘liqni saqlash kompaniyasi. 1896 yilda Frisom Xoffmann-Lya Rosh tomonidan tashkil etilgan. O‘sha paytda u turli vitamin preparatlari va hosilalarini ishlab chiqarardi. Bugungi kunda kompaniyada 85 ming kishi ishlaydi. Kompaniya farmasevtika va diagnostika mahsulotlari ishlab chiqaradigan ikkita bo‘limdan iborat.  Roche sintetik S vitamini sotadigan birinchi kompaniya bo‘lib, uning ommaviy ishlab chiqarilishi 1934 yilda Redoxon brendi ostida boshlangan.

Roche saratonga qarshi dorilarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Kompaniya birinchi antidepressant Iproniazidni sil kasalligiga qarshi kurashuvchi izoniazid preparati sintezi ustida ishlayotganda tasodifan yaratdi. Roche diabet kasalligini davolash vositalarini o‘zining Accu-Chek brendi ostida ishlab chiqaradi.

Sotish: 50,5 milliard dollar

5.  Sanofi

Bu global farmasevtika kompaniyasi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Parijda (Fransiya) joylashgan. Kompaniya 2004 yilda Aventis va Sanofi-Synthélabo qo‘shilishidan tashkil topgan.

Xodimlar soni 112128 kishidan oshgan. 2011 yil may oyida kompaniya nomi Sanofi deb o‘zgartirildi. Kospaniya ilmiy tadqiqotlar, farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va marketing bilan faol shug‘ullanadi.

Kompaniya ko‘plab kasalliklarning oldini olish va davolash uchun dori-darmonlarni ishlab chiqaradi, ammo uning eng mashhur dori vositalari yurak-qon tomir tizimini davolashga mo‘ljallangan. Sanofi ning  Sanofi Pasteur filiali dunyodagi eng yirik vaksina ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Sotish: $ 44,960,000,000

Dori-Darmon" AK matbuot xizmati

Kiritildi: 20:38 29.10.2020. O'qildi: 3941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!