Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Dunyodagi eng kichik odam — Xagendra Tapa Magar vafot etdi

Dunyodagi eng kichik odam — Xagendra Tapa Magar vafot etdi

Dunyodagi eng kichik odam - Xagendra Tapa Magar 28 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ginness rekordlar kitobi saytida ma’lum qilindi.

Xagendra Tapa Magar 1992 yilda Nepalda tug‘ilgan. U 67,08 santimetr bo‘y bilan mustaqil harakatlanish qobiliyatini saqlab qolgan dunyodagi eng kichik odam deb tan olingandi. U Ginnes rekordlar kitobiga 2011 yilda kiritilgan. Ta’kidlash joiz, Xagendra filippinlik Junrey Balauingdan 7 sm balandroq bo‘lgan, ammo Balauing o‘zi mustaqil yura olmaydi.

“Xagendra jamoatchilik e’tiboriga tezda tushib, 2011 yilda Nepalning turizm sohasidagi ko‘ngilli vakili etib tayinlangandi”, deb eslab o‘tilgan xabarda.

Xagendraning do‘stlari aytishicha, u oxirgi vaqtda astma, yurak bilan bog‘liq muammolarga qarshi kurashib kelgan. U 16 yanvarda Nepaldagi Manipal shifoxonasiga yotqizilgan va 17 yanvarda u yerda vafot etgan.

Endi o‘zi mustaqil harakatlana oladigan dunyodagi eng kichik odam maqomi 70,21 sm bo‘yga ega kolumbiyalik Eduardu Ninyo Ernandesga o‘tdi.

Kiritildi: 18:17 18.01.2020. O'qildi: 3269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!