Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Dunyodagi eng chuqur konlardan birida koronavirusga ommaviy chalinish qayd etildi

Dunyodagi eng chuqur konlardan birida koronavirusga ommaviy chalinish qayd etildi

Janubiy Afrika Respublikasida dunyoda oltin qazib oluvchi eng yirik kompaniyalardan biri Anglogold Ashanti’ga qarashli konlardan birida 160dan ko‘proq konchi koronavirusga chalindi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi. Koronavirusning ommaviy tarqalishi dunyodagi eng chuqur konlardan biri bo‘lgan Mponengda qayd qilingan. Ushbu shaxtaning chuqurligi 4 kmga yaqinni tashkil qiladi.  

Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlarning barchasi izolyasiya qilingan, kondagi ishlar esa vaqtincha yarmiga qisqartirilgan.

Shifokorlar kasallikka chalinganlar kimlar bilan aloqada bo‘lganlarini aniqlash va kondagi ish joylari hamda ob’ektlarda dezinfeksiya ishlarini olib bormoqdalar. 

JARda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 21 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Virusdan 407 kishi vafot etgan, 10 mingdan ziyodroq odam sog‘ayib ketgan.

Kiritildi: 10:39 25.05.2020. O'qildi: 2961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!