Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Dunyoda musulmon sayyohlar soni tobora ortmoqda

Dunyoda musulmon sayyohlar soni tobora ortmoqda

Indoneziya Markaziy banki raisining o‘rinbosari Dodi Vudi Valuyo dunyo miqyosida musulmon sayyohlar soni tobora ortayotganini ma’lum qildi.

Valuyo poytaxt Jakartada tashkil etilgan halol turizm konferensiyasida nutq so‘zlab, Indoneziya dunyo bo‘yicha eng katta musulmon aholiga ega mamlakat sifatida islomiy turizm bozorida halol industriyaning rivojlanishiga ko‘proq hissa qo‘shishi kerakligini ta’kidladi.

U halol mahsulot va xizmatlar faqatgina musulmon mamlakatlar bilan cheklanib qolmasligini, balki musulmon bo‘lmaganlar uchun ham sifat namunasi ekanini aytdi.

Valuyoning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda 158 million musulmon sayyoh dunyoning turli mamlakatlariga sayohat qilishi kutilyapti, bu ko‘rsatkich 2018 yildagidan 18 millionga ko‘pdir.

Kiritildi: 12:35 17.11.2019. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!