Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Dunyoda eng g‘alati chegaraga ega davlatni bilasizmi?

Dunyoda eng g‘alati chegaraga ega davlatni bilasizmi?

Dunyoda ikki davlat o‘rtasida joylashgan ko‘plab shaharlar bor. Ular daryolar, ko‘priklar yoki beton devorlar bilan ajratilgan. Biroq Gollandiya-Belgiya chegarasidagi Barle shahri – juda o‘zgacha joy.

Shaharning Belgiyadagi qismi – Barle-Xertog munisipaliteti – Gollandiya ichidagi anklav, Belgiya chegarasidan 5 kilometrda joylashgan. Uning hududida esa “ikkinchi tartibdagi” Gollandiya anklavlari joylashgan. Shaharning Gollandiya qismi Barle-Nassau degan nomga ega. 
Belgiya va Gollandiya o‘rtasidagi chegara juda murakkab: Belgiya hududi 22 ta alohida qismlardan iborat, ularning ichida 7 ta Gollandiya anklavi bor.

Murakkab chegara 1200-1650 yillarda flamand feodallari o‘rtasidagi yer savdosi va qarama-qarshiliklar tufayli yuzaga kelgan. 1648 yilda esa bu yerlar turli flamand davlatlari tarkibiga kirdi: mustaqil Shimoliy yerlar va Ispaniya istilosi ostidagi hozirgi Belgiya hududi 1830 yildagi inqilob va 1843 yilda hozirgi Belgiya tashkil etilganidan so‘ng chegara demarkasiya qilindi.

Kiritildi: 10:10 31.05.2020. O'qildi: 6404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!