Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Do‘kondagi narsa xaridorning qo‘lida buzilib qolsa, kim javobgar bo‘ladi?

Do‘kondagi narsa xaridorning qo‘lida buzilib qolsa, kim javobgar bo‘ladi?

— Do‘kondan biror narsani qo‘lga olib ko‘rayotganda tushib ketib, sinsa yoki buzilsa, shariatda buning javobi qanday?

— Agar xaridor biror narsani sotib olishga kelishmasdan oldin beparvolik, ehtiyotsizlik qilib, biror narsani sindirib qo‘ysa yoki ochib ko‘rishda qo‘pollik qilib, buzib qo‘ysa, to‘laydi. Buning nomini fiqhda “taaddiy” deyiladi. Agar ehtiyotkorlik bilan ushlasa, ko‘rsa, ochib ko‘rishda qo‘pollik qilmasa, shunda ham sinsa yoki buzilsa, to‘lamaydi.

Agar sotuvchi narxni aytgandan so‘ng oluvchi rozi bo‘lsa, keyin xaridor qo‘liga olib ko‘rayotgan vaqtda tushib ketib, sinsa yoki biror nuqson yetsa bunday holatda xaridor to‘laydi.

Shuningdek, xaridor sotib olmoqchi bo‘lib, narxini kelishmasidan oldin ko‘rishga ijozat so‘rab, qo‘liga oldi yoki sotuvchi narxni aytdi-yu, lekin xaridor rozi bo‘lgani yo‘q. Xaridor ko‘rayotgan vaqtida uning beparvoligisiz yoki qo‘polligisiz u narsa tushib ketsa yoki buzilib qolsa, xaridor to‘lamaydi. Chunki bu vaqtda u narsa uning qo‘lida omonat bo‘ladi. Omonatlar taaddiysiz (beparvolik, ehtiyotsizlik, noto‘g‘ri iste’mol qilish, tajovuz) to‘latilmaydi.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Kiritildi: 09:50 10.01.2021. O'qildi: 3198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!