Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dubay shahzodasi jahon rekordi o‘rnatdi

Dubay shahzodasi jahon rekordi o‘rnatdi

Dubay valiahd shahzodasi Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum boshchiligidagi Skydive Dubai parashyutchilar guruhi BAA tashkil topganining 48 yilligi munosabati bilan Ginness rekordini o‘rnatdi. 

Gap shundaki, shahzoda boshchiligidagi parashyutchilar Dubayning The Palm Jumeirah sun’iy oroli ustida havoda 144 kvadrat metrlik milliy bayroqni ochishgan. Ushbu voqea 18 noyabrda kameralarga muhrlangan bo‘lsa-da, valiahd shahzoda uning videosini Instagram’da keyinroq joyladi.

Video milliondan ko‘proq namoyish yig‘ishga ulgurgan. Unga “Milliy g‘ururning yana bir lahzasi va yangi jahon rekordi: 144,28 kvadrat metrlik bayrog‘imiz BAA Milliy kuni sharafiga Dubay uzra hilpiramoqda”, deb izoh qoldirilgan. Video ko‘plab maqtovli izohlar va layklar yig‘gan.

Kiritildi: 06:37 04.12.2019. O'qildi: 3667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!