BAA bosh vaziri va Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum Yaqin Sharqdagi mojaro avj olganidan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun Livanga zudlik bilan oziq-ovqat yetkazib berishni buyurdi. Bu haqda TASS yozmoqda.
WAM axborot agentligining xabar berishicha, oziq-ovqat Livanga Muhammad bin Rashid Al Maktum (Mohammed bin Rashid Global Initiatives) global tashabbuslar fondi orqali yuboriladi. U BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorlikda muhtojlarga tarqatiladi. Qayd etilishicha, 250 ming kishi oziq-ovqat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avvalroq, 6 oktyabr kuni WAM agentligi BAA Livanga 205 tonnaga yaqin gumanitar yordam jo‘natgani haqida xabar bergan edi.