Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Dollar o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 6 valyuta

Dollar o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 6 valyuta

Investisiya portfelidagi dollarni oltita jahon valyutasi bilan almashtirish mumkinligi ma’lum qilindi. Bu haqda moliyaviy tahlilchi Anna Zaysevaga tayanib, «Gazeta.ru» xabar berdi.

Mutaxassisning ma’lum qilishicha, dollarning o‘rnini yevro, Kanada dollari, Britaniya funti, Shveysariya franki, Yaponiya iyeni va shved kronasi egallashi mumkin. Zayseva savdo bozorida himoya vositasi sifatida Shveysariya va Yaponiya milliy valyutalaridan foydalanish mumkinligini aytgan. Ammo yevro Federal zaxira tizimi va Yevropa markaziy bankidagi pul-kredit siyosatidagi farq tufayli AQSh dollariga o‘z o‘rnini berishi mumkinligi ta’kidlangan.

Shuningdek, Xitoy iqtisodiyoti o‘sishda davom etayotgani va bu investorlarni yuanga bo‘lgan qiziqishini oshirayotgani, biroq Xitoy korporativ segmentda yuqori qarz yuki bilan ajralib turishi sababli yuan bosim ostida qolishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Mutaxassis jahon bozorida AQSh o‘z mablag‘lari uchun Xitoyga investisiyalarni cheklashi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tarqalgani, bu esa Xitoy fond bozorining qulashiga olib kelganini qo‘shimcha qilgan.

«Agar bu qo‘rquvlar tasdiqlansa, yuanning dollarga nisbatan yana zaiflashishini kuzatishimiz mumkin», — deb xulosa qilgan Zayseva.

Kiritildi: 07:35 02.08.2021. O'qildi: 4826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!