Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Diyor Imomxo‘jayev: «Superliga 5 iyundan boshlanmaydi...»

Diyor Imomxo‘jayev: «Superliga 5 iyundan boshlanmaydi...»

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonda futbol o‘yinlari 5 iyundan davom ettirilishiga ruxsat berildi. 

Superliga bahslari chindan ham shu sanadan davom ettiriladimi? Bunga PFLning vaqtinchalik direktori Diyor Imomxo‘jayev oydinlik kiritdi.

«Professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga ruxsat etildi. 

SEOA xabarida, shuningdek, futbol uchrashuvlarini 5 iyundan boshlab davom ettirish mumkinligi ko‘rsatilgan. Biroq bu Superliga uchrashuvlarini aynan shu sanadan boshlash shart ekanini bildirmaydi. Biz futbolchilar o‘z formasini tiklab olishi, murabbiylar mavsum davomiga tayyorgarlik ko‘rib olishi uchun vaqt beramiz. Bu jarohatlanish holatlari nisbatan kamroq bo‘lishi hamda barcha masalalar puxta reja va tayyorgarlik bilan amalga oshirilishiga imkon beradi», – deydi Imomxo‘jayev o‘z telegram kanalida.

Kiritildi: 11:50 30.05.2020. O'qildi: 3986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!