Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Diqqat! O‘zgidromet toshkentliklarni havoning ifloslanganligidan ogohlantiradi

Diqqat! O‘zgidromet toshkentliklarni havoning ifloslanganligidan ogohlantiradi

15-16 noyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratadi, deb xabar qildi O‘zgidromet.

Toshkentda havoning ifloslanganligi ko‘rsatkichlari shaharda keng ko‘lamda olib borilayotgan qurilish ishlari tufayli normadan oshib ketgan, deb ta’kidlagan Davlat ekologiya qo‘mitasi vakili Umidjon Abdujalilov MSK xalqaro matbuot-markazida chiqishi vaqtida.

Xabarda aytilishicha, 12-13 noyabr tongida Toshkent shahrida stasionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, Yakkasaroy, Mirobod, Qibray tumanlarida havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan. Tumanlarda zot dioksidi bo‘yicha: REM b.m. dan yuqori 4 holat kuzatilgan.

Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlarda, zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmagan.

Shuningdek, O‘n beshinchi va o‘n oltinchi noyabr tongida Toshkent shahridagi havo atmosferasida zararli moddalarning kam miqdorda tarqalishi xabar qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyo bo‘ylab havoning ifloslanish va sifat darajasini tekshiruvchi The World Air Quality Index - eng yirik havo onlayn-monitoringiga ko‘ra, Toshkent havosi ifloslangan shaharlar ichida ikkinchi o‘rinni olgan edi. Havoni o‘lchaydigan maxsus datchiklar dunyoning turli davlatlaridagi poytaxtlar va shaharlarda AQSh elchixonalarida o‘rnalitlgan.

Kiritildi: 13:51 14.11.2019. O'qildi: 1722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!