Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Diqqat! O‘zbekistonda tamaki va alkogol mahsulotlari uchug qo‘shimcha soliq joriy etiladi

Diqqat! O‘zbekistonda tamaki va alkogol mahsulotlari uchug qo‘shimcha soliq joriy etiladi

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarga chalingan insonlarga yordam beruvchi jamg‘arma tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu jamg‘arma alkogol, sigareta ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, tungi klublar egalari tomonidan moliyalashtiriladi. Bu respublika monopoliyaga qarshi qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasida mablag‘ yig‘ish sxemasi aniq ko‘rsatilgan. Shunday qilib, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va importyorlar jamg‘armaga har bir sotilgan yoki mamlakatga olib kelingan mahsulot uchun majburiy tartibda 2000 so‘mdan mablag‘ o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar esa har bir quti sigareta uchun jamg‘armaga 100 so‘mdan mablag‘ o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Tungi klub ko‘rinishida faoliyat yurituvchi kafe, restoran va barlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda daromadning 5 foizini jamg‘armaga o‘tkazishi kerak.

Bundan tashqari, shakar miqdori yuqori bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar va importchilar, yog‘ va tuz miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, energetiklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham saraton bilan og‘riganlarga yordam beruvchi jamg‘armani moliyalashtirish manbalari bo‘ladi.

Jamg‘arma nafaqat tadbirkorlar, balki jismoniy shaxslar tomonidan ham moliyalashtiriladi. Ko‘p xonadonli uylar uchun 200 kvadrat metr va 500 kvadrat metrdan iborat uy-joy xaridorlari yakka tartibdagi qurilish uchun quyidagi sxema bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi: Toshkentda kvadrat metr uchun 6000 so‘m, hududlarda kvadrat metr uchun 3000 so‘m.

Narxi 20 ming dollardan qimmatroq bo‘lgan mahalliy va import mashinalarni xarid qilgan fuqarolar va tashkilotlar mahsulot birligi uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jamg‘armaga pul o‘tkazadi.

Hozirda O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi 223 ming so‘mni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:39 16.09.2019. O'qildi: 2386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!