Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Diqqat! Ular sirli va juda xavfli

Diqqat! Ular sirli va juda xavfli

Timsohlar sayyoramizning quruqlikda yashovchi eng sirli hayvonlaridan biridir. Ular uch yuz million yil oldin, dinozavrlar bilan birga yashashgan va shundan beri ular deyarli o‘zgarmadi. Dinozavrlar-ku qirilib ketishdi, ammo timsohlar... Juda sirli shunday emasmi?

Zamonaviy timsohlar va alligatorlar (bu timsohlarning turli xil turlari) uzunligi yetti metr (taroqsimon timsoh), eng kichigi - kaymanga, bir yarim metrdan oshmasligi mumkin.

Timsohlar juda xavfli bo‘lib,o‘ljasi tomon nafaqat tez suzishadi, balki ikki metr balandlikka sakrashlari ham mumkin. Timsohlar quruqlikka juda yaxshi yugurishadi, hattoki daraxtlarga ko‘tarila olishadi.

Janubiy Amerika, Afrika va Avstraliyada ular odamlar uchun jiddiy xavf tug‘dirishadi. Ammo Madagaskar orolida mahalliy aholi timsohlarni muqaddas hayvonlar deb bilishadi va agar bu yirtqich bir odamni o‘z qurboni sifatida tanlasa, mahalliy aholini qurbonni omadli deb hisoblaydi.

Kiritildi: 22:45 13.12.2019. O'qildi: 5486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!