Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Diqqat! Toshkentda mashina o‘g‘irlab qochgan yigit qidirilmoqda (FOTO)

Diqqat! Toshkentda mashina o‘g‘irlab qochgan yigit qidirilmoqda (FOTO)

Diqqat! Toshkentda mashina o‘g‘irlab qochgan yigit qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

"Muqaddam xabar berganimizdek, 7 yanvar kuni oq rangli “Neksiya-2” rusumli avtomobil olib qochilgan edi. Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari mazkur avtomobilni shikastsiz va soz holatda topishdi. Biroq avtomobilni olib qochishda gumon qilinuvchi shaxs yashirindi. Mazkur avtombolni olib qochgan shaxs avtomobil turgan joydagi kuzatuv kameralarida muxrlangan va uning shaxsi aniqlandi.  

Hurmatli fuqarolar! Avtomobilni olib qochishda gumonlanuvchi 1968 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz shahrida ro‘yxatda turuvchi Xoliyarov Sherzod Erkinovichni qidiruvida ko‘mak berishingizni so‘raymiz.

Egnidagi kiyimi: qizil rangli kurtka, to‘q kulrang shim, qora tufli.

Qidiruvda yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni +998-98-812-30-00 yoki 102 raqami orqali berishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Diqqat! Toshkentda mashina o‘g‘irlab qochgan yigit qidirilmoqda (FOTO)

    Kiritildi: 14:14 09.01.2021. O'qildi: 4540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
    telegram channel

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Eng ko'p o'qilgan yangilik

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!