Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Diqqat! Ertadan O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi

Diqqat! Ertadan O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi

27-29 noyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Volgabo‘yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

27 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

28 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxvonlik kuzatiladi.

27-28 noyabrda Respublika bo‘yicha shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarida 25-27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

28-29 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 5 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-12 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 19:35 26.11.2020. O'qildi: 5149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!