Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Diqqat! Dunyoda yana bir okean paydo bo‘lishi mumkin

Diqqat! Dunyoda yana bir okean paydo bo‘lishi mumkin

Amerikalik va britaniyalik olimlarning fikricha, uzoq kelajakda Efiopiya hududida yangi okean paydo bo‘lishi mumkin.

“Bu kamida 5-10 million yil ichida sodir bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu taxmin Efiopiyaning shimoli-sharqida joylashgan Afar cho‘lidagi tektonik bo‘linishlarni o‘rganishga asoslangan”, deya xabar beradi “NBC”.

Gap shundaki, bunday bo‘linish asta-sekin bir-biridan uzoqlashayotgan uchta tektonik plitalarning birlashmasida joylashgan. 2005 yilda bu yerda uzunligi 56 kilometr bo‘lgan yoriq paydo bo‘lgan.

Olimlar hozirda sun’iy yo‘ldosh radarlari yordamida cho‘lni kuzatishda davom etishmoqda.

Qayd etilishicha, Aden ko‘rfazi va Qizil dengiz suvlaridan Afar va Sharqiy Afrika riftini to‘ldiradigan yangi okean paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 06:00 20.07.2020. O'qildi: 9488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!