Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Diqqat! Amerikani kalamushlar bosib olishdi

Diqqat! Amerikani kalamushlar bosib olishdi

Nyu-York va Chikago hokimiyati kalamushlarni yo‘q qilishga katta kuch sarfladi, bunda "kalamush spirti" va maxsus dorilardan foydalandi, ammo aynan shu zaharlarning ularning yanada ko‘payib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “The Sun” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu safargi mutant kalamushlar, juda katta bo‘lib, oddiy kalamush zaharlariga juda chidamli. AQSh rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Nyu-Yorkda ikki million kalamush yashaydi, bu sakkiz million shahar aholisining 25 foizini tashkil qiladi.

Ko‘pgina kalamush koloniyalari muvaffaqiyatli yo‘q qilingan bo‘lsa ham, omon qolgan kalamushlarning nimagadir evolyutsiya jarayoni tezlashib ketgan hattoki o‘zlarini zaharlardan himoya qiladigan xususiyatlarni bilib olishgan.

Richmond universiteti biologiya professori va kalamushlar bo‘yicha mutaxassisi Jonatan Richardsonning so‘zlariga ko‘ra, yangi super kalamushlar xuddi shu xususiyatlarni meros qilib oladigan ko‘proq “voris”larni dunyoga keltiradi.

Ma’lum bo‘lishicha, olimlar sichqonlar va kalamushlarda zaharlarga qarshilik ko‘rsatadigan o‘ziga xos genlarni topishgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, super kalamushlarga qarshi kurashning kaliti bu turli usullarning uyg‘unligi, shu jumladan, quruq muzdan foydalanish (kalamushlarning yashash joylarini karbonat angidrid bilan to‘ldirish) va ularning ko‘payish jarayonini nazoratga olish.

Ammo shahar zararkunandalariga qarshi kurashning eng samarali usuli, olimlarning ta’kidlashicha, bu axlatni yanada puxta yig‘ishni va kemiruvchilardan yaxshiroq himoyalangan konteynerlarni o‘rnatishdan iborat.

Kiritildi: 20:45 12.12.2019. O'qildi: 5823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!