Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Diniy ekstremizmda ayblangan mahkum Shavkat Mirziyoyev tomonidan avf etildi. Viloyat hokimi yer “sovg‘a” qildi

Diniy ekstremizmda ayblangan mahkum Shavkat Mirziyoyev tomonidan avf etildi. Viloyat hokimi yer “sovg‘a” qildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 nafar mahkumga nisbatan afv e’lon qilish haqidagi Farmoni xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehr-oqibat, kechirimlilik kabi olijanob fazilatlarning yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Farmonga asosan jazodan to‘liq afv etilganlarning 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan.

Qarshi shahrida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Qarshi shahar hokimi hamda tashkilot va muassasa rahbarlari ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida hokim jazodan ozod etilgan shaxslarning har biri bilan alohida suhbat o‘tkazdi. Ulardan qayerga ishga joylashish masalasi, o‘zlari va oilasidagilarning kayfiyati, ro‘zg‘orlaridagi kamchiliklar haqida so‘radi. Tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan insonlarga ularning muammolaridan kelib chiqqan holda yordam ko‘rsatish bo‘yicha viloyat tashkilotlari rahbarlariga topshiriq berilib, nazoratga olindi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i barcha afv etilganlarni salomatligi bo‘yicha uzluksiz tekshiruv olib borish va bepul davolashni o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, Qarshi shahar hokimi J.Fozilov afv etilgan Jasur Jo‘rayevga tadbirkorlik qilishi uchun sanoat zonasidan 0.10 sotix yer ajratadigan bo‘ldi.

Rossiyada ishlab yurgan vaqtlarimda begona shaxslarning aldovlariga uchib shu yo‘lga adashib kirib qoldim, – deydi yakkabog‘lik Shaxboz Boyto‘rayev. – Bugungi uchrashuvda viloyat hokimi ishga joylashtirdi va uyimni ta’mirlab beradigan bo‘ldi. Jazo muddatini o‘tash davrida oqu qorani ajratdim, islom dinida yovuzlik, buzg‘unchilik, kishilar hayotiga xavf solish mutlaqo qoralanishini tushunib yetdim. Qilmishimdan qattiq pushaymonman. Gunohimni afv etgani uchun Prezidentimizga ming bor tashakkur, endi jinoyat ko‘chasiga qayrilib ham qaramayman.

Shuningdek, Qarshi shaharlik Jasur Jo‘rayev, Qarshi tumanilik Nurbek Nurmatov va Primov Sultonlar ham ularni ozodlikka chiqarib, xonadonlariga baxt va shodlik ato etgan Prezidentimizga tashakkurlar aytdilar, qaytib xato qilmaslikka va’da berdilar.

Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati bu haqda O‘zAga xabar berdi.

Kiritildi: 15:18 07.09.2019. O'qildi: 2802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!