Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Devorni to‘ldirgan 440 poshnali tufli – bu qurbon bo‘lgan 440 ayol qismati (foto)

Devorni to‘ldirgan 440 poshnali tufli – bu qurbon bo‘lgan 440 ayol qismati (foto)

Turkiyalik grafik dizayner ustasi Vahit Tuna ayollar bilan bog‘liq jinoyatlarga jamiyatning e’tiborini qaratish maqsadida yangi usuldan foydalandi. U Istanbulning Kabatash hududidagi san’at maydonchasi sifatida qo‘llanib kelingan qahvaxona devoriga 440 juft ayollar poyabzalini joylashtirib chiqdi. Devorga ilingan 440ta poshnali tufli 2018 yilda jinoyatlar qurboni bo‘lgan 440 nafar ayol ramziy belgisidir. 

Poyabzallar ikki devorni to‘ldirib turibdi. Ko‘rgazmaga Vahit Tuna “Ismsiz” deb nom bergan. U bu ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsadi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni aks ettirish ekanini aytgan. 

“So‘nggi yillarda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari tobora kuchayib borayotganiga e’tibor qaratish maqsadida ko‘plab loyihalarni amalga oshirdim. Shu bois odamlar gavjum bo‘lgan ko‘chadagi bino devorlarida ayollarga zo‘ravonlikni aks ettirish va barchaning diqqatini tortishni istadim”.

Vahit Tuna o‘z ko‘rgazmasi haqida gapirarkan, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka davlat va siyosat miqyosida qarshi turish kerakligini qayd etadi. Uning fikricha, mamlakatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan jinoyatchilarni jazolashda hech qanday imtiyozlar bo‘lmasligi kerak. 

“Ayollar bilan bog‘liq jinoyatlarning ortishiga asosiy sabab jazolash choralari bilan bog‘liqdir. Fikrimcha, bunday jinoyatchilarga hukm chiqarishda hech qanday imtiyoz bo‘lmasligi kerak”.

Loyiha muallifi so‘zida davom etarkan, aynan Turkiyada gender tengligini ta’minlash muhimligini qayd etadi. Uning fikricha, gender tengligi Hukumat yoki davlat idoralarida emas, eng avvalo oilada ta’minlanishi kerak. Ayollar huquqlari oilada, ular bolaligidanoq ta’minlashi zarur. 

“O‘ylaymanki, yaqin kelajakda ayollarga nisbatan zo‘ravonliklar unutilish darajasida kamayadi, yo‘q bo‘lib ketar, balki. Kun kelib zo‘ravonlikni ko‘rmasmiz. Bir san’at loyihasi sifatida amalga oshirilgan ushbu ko‘rgazmada poyabzallar o‘rniga boshqa narsalar ham bo‘lishi mumkin edi. Xo‘sh, men nega aynan poshnali tuflilarni tanladim. Erkaklar ko‘pincha ayollarning poshnali tuflilari, ularning bir pog‘ona baland bo‘lib turishiga chidab tura olmaydilar. Shu bois yana bir bor halovatlariga zarba berishni istadim. Men poyabzallarni ayollarning ozodlik va xurlik ishorasi o‘laroq qabul qilinishini istayapman”, deydi san’at ustasi, deydi "qalampir.uz".

Kiritildi: 06:15 14.09.2019. O'qildi: 4961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!