Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Devid Bekxem: “Messi va Ronaldu hali ham fantastik formada”

Devid Bekxem: “Messi va Ronaldu hali ham fantastik formada”
“Manchester Yunayted” hamda “Real Madrid” afsonasi, AQShning “Inter Mayami” klubi egasi Devid Bekxem jamoasi va unga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan futbolchilar borasida gapirdi.
 
“Barcha insonlarda o‘zlarining orzu va istaklari jam bo‘lgan ro‘yxati bo‘ladi. Menda ham shunday. Messi va Ronalduning hali ham fantastik formada ekani, yuqori saviyali futbol ko‘rsatayotganini inobatga olsak, ular kunbotar taraflarda faoliyatini yakunlashi yaxshiroq bo‘lar edi.
 
Ammo men ikkalasida ham hali butsilarini mixga ilishi yoki karyerasi yakunlanayotganining biron belgisini ko‘rmayapman. Ular shunday darajada o‘ynashmoqdaki, hozirgi klublaridan ketishlariga ishonish qiyin. Ammo siz ham, men ham futbolda nima bo‘lishi mumkinligi haqida hech qachon hech narsa bila olmaymiz”, – degan Bekxem.
 
Ma’lumot o‘rnida, Devid Bekxemning “Inter Mayami” klubi kelasi mavsumdan boshlab MLSda ishtirokini boshlaydi. Shu munosabat bilan Devid o‘z jamoasiga bir qator yulduzlarni taklif etgan. Avvalgi intervyularida u Lionel Messi hamda Krishtianu Ronalduni o‘z klubida ko‘rishni juda xohlayotganini aytgan edi.
Kiritildi: 13:06 16.09.2019. O'qildi: 1974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!