Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Deputat: "Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limi dars bo‘lishi kerak"

Deputat: "Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limi dars bo‘lishi kerak"

Rossiyalik Olimpiya chempioni, Davlat Dumasi deputati Irina Rodninaning so‘zlariga ko‘ra, Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limi shifokorlar va epidemiologlarning tavsiyalariga e’tibor bermaydiganlar uchun dars bo‘lishi kerak.

"Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida Rodnina Abdulmanap Nurmagomedov munosib hayot kechirganini, ko‘pchilik uchun namuna bo‘lganligini aytdi.

“Menimcha, uning o‘limi ko‘pchilik uchun saboq bo‘ladi. Agar sizga niqob, qo‘lqop kiying, dezinfeksiyalash vositalaridan foydalaning va uyda qoling, deyilgan bo‘lsa, madaniyatli odam ushbu talablarga rioya qilishi kerak", – dedi Rodnina.

Deputat odamlarni virusologlar va mutaxassislarning so‘zlarini tinglashga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, Abdulmanap Nurmagomedov koronavirusga chalinishi oqibatida vafot etgandi.

Kiritildi: 16:02 04.07.2020. O'qildi: 3432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!