Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dembelening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

Dembelening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

Usmon Dembelening jarohati avval taxmin qilinganidan ham jiddiyroq bo‘lib chiqdi.

"Barselona" vingeri La Liganing 19-turida "Jirona"ga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olib, 26-daqiqada almashtirildi.

Dastlab, fransiyalik futbolchi son jarohati tufayli 3 haftaga safdan chiqqani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ammo bugungi tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, Usmonning to‘g‘ri son suyagi mushagida yoriq aniqlangan.

Shu sababli Dembele 5 haftani o‘tkazib yuboradi, deb xabar beradi Diario Sport.

25 yoshli vinger joriy mavsumda "Barsa" safida 28 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:50 29.01.2023. O'qildi: 3420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!