Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Dehqonoboddagi ko‘prik foydalanish uchun xavfli bo‘lib qoldi (FOTO)

Dehqonoboddagi ko‘prik foydalanish uchun xavfli bo‘lib qoldi (FOTO)

Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov seldan zararlanishi oqibatida foydalanish uchun xavfli ko‘rinish kasb etayotgan ko‘prik holatini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmatiga tayanib, "nnews.uz" xabar bermoqda.

Tuman hokimi Bozortepa qishlog‘ini Zoqqoya hamda Qo‘shquduq qishloqlari bilan bog‘lovchi ko‘prikni borib ko‘rgan.

Dehqonoboddagi ko‘prik foydalanish uchun xavfli bo‘lib qoldi (FOTO)

“Mazkur ko‘prik ta’miri uchun mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqib, aholidan bu haqda shikoyat bo‘lmasidan oldin muammoni bartaraf etishimiz lozim”, — dedi tuman hokimi Zoir Aliqulov.

Ma’lum bo‘lishicha, 1990 yillarda qurilgan mazkur ko‘prikning Zoqqoya qishlog‘idan Bozortepa qishlog‘iga kirish qismida yemirilish paydo bo‘lgan. Ko‘prik ustunining bir qismi sel oqibatida zararlangan.

Dehqonoboddagi ko‘prik foydalanish uchun xavfli bo‘lib qoldi (FOTO)

Eslatib o‘tamiz, Zoir Aliqulov Dehqonobodda hokim sifatida ish boshlaganidan buyon tumanda 30 ga yaqin ko‘prik qurildi va ta’mirlandi.

Kiritildi: 17:21 24.05.2020. O'qildi: 3291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!