Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Dehliga tilla kamar bilan uchmoqchi bo‘lgan shovvoz

Dehliga tilla kamar bilan uchmoqchi bo‘lgan shovvoz

Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent  xalqaro aeroporti orqali Dehliga parvozi oldidan “yashil” yo‘lak orqali chiqib ketayotgan yo‘lovchilardan birining bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Shundan so‘ng ushbu shaxs belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning kamari aslida tilladan ishlangani fosh bo‘ldi.

Bojxona xodimlarini chalg‘itishga uringan ushbu shaxs 122 gr. og‘irlikdagi tilla quyma bo‘lagini go‘yoki kamarning to‘qa qismi sifatida olib chiqmoqchi bo‘lgan ekan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yashirincha olib chiqishda to‘xtatib qolingan quyma oltinning qiymati salkam 56 million so‘mni tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 10:57 23.01.2020. O'qildi: 1914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!