Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Davron Kabulov: "Bu ma’lumotni OAV orqali gapirishga tayyor emasman" (+video)

Davron Kabulov: "Bu ma’lumotni OAV orqali gapirishga tayyor emasman" (+video)

«Million» jamoasi sardori Davron Kabulov «Million»ning 2021 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida jamoa a’zosi Umidjon Haydarovga 3 xonali uy sovg‘a qildi.

Davron Kabulov «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida jamoaning boshqa a’zolari gonorari haqida gapirib berdi.

Jamoaning qaysi a’zosiga qanday sovg‘a qilganimiz haqidagi ma’lumot konfedensial hisoblanadigan ma’lumot. Bu ma’lumotni OAV orqali gapirishga tayyor emasman. Jamoaning ichkarisida bo‘ladigan pulli munosabatlar jamoaning ichkarisida qolishi kerak bo‘lgan ma’lumot hisoblanadi. Men bu tartibga xilof ish qilmayman. Lekin har bir odamning gonorari berilganida «rozimisan», degan tushuncha bo‘ladi.

Gonorarlar bir-biridan tubdan farq qiladi. Chunki gonorar olayotgan ijodkorning omma uchun qanchalik qiziqarli ekani, jamoada necha yil ishlagani, jamoaning tayyorgarligiga qanchalik hissa qo‘shgani, sahnada qanchalik hajmdagi ishni bajargani, u tayyorlagan hazillar qanchalik muxlislarga ma’qul bo‘ldi, qancha chiqishga g‘oya bergani inobatga olinadi.

«Seni qoshing quyuqroq ekan», deya kimgadir ko‘proq pul berilmaydi. Gonorarlar bir-biridan keskin farq qiladi. Kimdir 10 so‘m olib, kimdir 300 so‘m ham olishi mumkin. Bu men sanab o‘tgan faktorlarga ham bog‘liq. Jamoaga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, yaxshi hazillari bilan o‘zbek xalqini, «Million» jamoasi auditoriyasini xursand qilish uchun ter to‘kayotganlarni norozi qilmaymiz.

Bundan tashqari bizda repitisiya uchun alohida, konsert uchun alohida pul to‘lanadi. Jamoa a’zolari Toshkentda yashashi uchun uch yoki to‘rtta uyning ijara haqqini ham to‘layman. Shu bilan bir qatorda jamoadagilarga turli chegirma, sovg‘a va bonuslarimiz ham bor.

Davron Kabulov, «Million» kulgi jamoasi sardori, shoumen

Kiritildi: 23:36 02.11.2021. O'qildi: 7278 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!