Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Davlat sirini shirinliklar ichida sotgan xavfsizlik xizmati xodimi hibsga olindi

Davlat sirini shirinliklar ichida sotgan xavfsizlik xizmati xodimi hibsga olindi

Ukraina huquq-tartibot idoralari Roshen konfetlari ichida maxfiy ma’lumotlarni uzatayotgan Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) xodimi va harbiy nafaqaxo‘rni qo‘lga olishdi.

Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Idoraning ma’lum qilishicha, hibsga olingan xodim chet el davlatining "kuratorlari" ko‘rsatmasi bo‘yicha ma’lumot yiqqan. Bundan tashqari, u "Ukrainaga qarshi qo‘poruvchilik harakatlariga" hissa qo‘shgan.

Ta’kidlanishicha, mahbus maxfiy ma’lumotlarni kuryer -harbiy nafaqaxo‘r orqali yuborgan.

Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari shirinliklarda yashiringan maxfiy ma’lumotlarni ham qo‘lga olishgan. Ular 60 kunga hibsga olingan. Qo‘lga olinganlarni 15 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

Kiritildi: 06:30 12.08.2020. O'qildi: 7915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!