Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Dam olish kunlari bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Dam olish kunlari bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi g‘arbiy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Janubiy Qozog‘iston hududi ustida joylashgan balandlikdagi siklon respublikamizning sharqiy tumanlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sinoptik vaziyat natijasida bugun Toshkent viloyatining ayrim joylariga qisqa muddatli yomg‘ir, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga yomg‘irli va momaqaldiroqli ob-havo faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda saqlanib turadi. Respublikaning qolgan joylarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Yakshanba kuni mamlakatimiz hududi ustidagi janubi-g‘arbiy oqimlar ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishini belgilaydi.

Dam olish kunlarida harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq  atrofida bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me’yordan ozgina – 1-2 darajaga pastdir.

Kiritildi: 14:30 11.09.2020. O'qildi: 2657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!