Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshatli YTH: Jizzaxda mast holda yotgan qizni bir nechta avtomobil bosib ketdi (video)

Avto / Video A A A
Dahshatli YTH: Jizzaxda mast holda yotgan qizni bir nechta avtomobil bosib ketdi (video)

Joriy yilning 8 noyabr kuni soat tungi 02:05 da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi «Toshkent—Termiz» avtomobil yo‘lining 1033-kilometrida mast holda yotgan qizni Isuzu yuk mashinasi bosib ketdi. Bu haqda MY5 telekanalining «Markaziy studiya» axborot dasturi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Zarbdor tumani «Nurafshon» QFYda yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan Sarvinoz Bobonova yo‘lning qatnov qismida mast holda yotganligi sababli Isuzu yuk mashinasi uni bosib ketgan. Shundan so‘ng haydovchi 100 metr yurib to‘xtagan va voqeani hech kim ko‘rmadi, deb o‘ylab, u yerdan ketib qolgan.

Aniqlanishicha, Isuzu’dan keyin yo‘lda yotgan qizni yana bir nechta transport vositasi bosib o‘tgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida Isuzu’ni Samarqand viloyatida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargani aniqlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:41 03.12.2019. O'qildi: 4942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!