Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Dahshat! Xitoyning AQShni yo‘q qilish bo‘yicha rejasi fosh bo‘ldi

Dahshat! Xitoyning AQShni yo‘q qilish bo‘yicha rejasi fosh bo‘ldi

Xabarlarga qaraganda, Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun yadroviy hujum rejasini tayyorlab qo‘ygan.

AQSh nashrlarida potensial hujum xaritasi e’lon qilindi, deydi “belnovosty.by”.

Xitoy harbiylari nishon sifatida Sharqiy va G‘arbiy sohilda joylashgan yirik shaharlarni tanlashgan. Bundan tashqari, g‘arbiy aholi punktlarining ham qayd etilgani AQSh harbiy ekspertlari uchun kutilmagan hodisaga aylandi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yadroviy hujum sodir bo‘lgan taqdirda AQSh 50 million kishining o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ulkan radiasiya to‘lqini bilan qamrab olinadi.

Xaritani tahlil qilib, mutaxassislar reja 10 yil oldin tuzilgan degan xulosaga kelishdi.

Gap shundaki, hujum DF-5 raketasi bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan, garchi Xitoy armiyasi allaqachon DF-31 va JL-2 bilan qurollangan bo‘lsa-da.

Ta’kidlanishicha, Xitoy yadro tashlashni AQSh tomonidan hujum qilingan taqdirda o‘ch olish maqsadida rejalashtirgan.

 

 

 

Kiritildi: 21:30 20.11.2019. O'qildi: 8238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!