Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshat! Surxondaryoda O‘zbekistondagi eng vahshiy qotillik sodir etildi

Dahshat! Surxondaryoda O‘zbekistondagi eng vahshiy qotillik sodir etildi

Surxondaryoda o‘zining jismoniy quvvatini oshirish uchun 27 yoshli yigit, inson tanasi ichki a’zolarini iste’mol qilishni maqsad qilib, qo‘shnisini 101 marta pichoqladi va uni azoblab, qiynab o‘ldirdi. 

“Jahon.uz” axborot portali qo‘lga kiritgan 1-19-1901/19-sonli jinoyat ishi hujjatlarida qasddan o‘ldirilgan, o‘ldirilayotgan onlarda hali jon taslim qilmagan B.CH.ni oldi qorin qismi kesilib, ichki ta’na a’zolari ya’ni, yuragi, o‘pkasi sug‘urib olingan.

Yurak va o‘pkani yeyish maqsadida chalajon inson ichki tana qismidan yulib olgan 27 yoshli A.A. 1992 yil 31 mart kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan.

2019 yilning 21 fevral kuni qo‘shnisini sayr qilish bahonasida ko‘chaga aldab chaqirib, uni fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydoniga aldab olib borgan hamda yuqorida aytib o‘tganimizdek, 101 marta pichoq bilan zarba berib, azoblab, qiynab o‘ldirgan.

Hali B.CH.da hayotiylik belgilari mavjud bo‘lsa-da, qilmishi fosh bo‘lmasligi uchun, uni tiriklayin shu hududdan oqib o‘tgan ariqdagi suvga tashlab, ustidan tosh bostirib, o‘ta shafqatsizlarcha o‘ldirib voqea joyidan yashiringan.

Ushbu jinoyat uzoq vaqt o‘tmasdan A.A.ning uydagilari tomonidan fosh qilindi va ular IIB xodimlariga xabar berishdi. Ichki ishlar xodimlari jinoyat quroli bo‘lgan pichoqni olishgan bir paytda, qotil uydagi shkaf tepasida turgan marhumning ichki a’zolarini ham o‘zi ko‘rsatgan.

Ushbu holat yuzasidan tezkorlik bilan jinoyat ishi ochilib, Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi “j,n” bandlari bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi va “Jahon.uz” axborot portali tomonidan olib borilgan jurnalistik surishtiruv natijalari tez fursatda to‘liq e’lon qilinadi.

Kiritildi: 14:27 16.07.2019. O'qildi: 24281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!