Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Dahshat! “Qurbonlarni tanlamaganman. O‘ldirgim kelgani uchun o‘ldirganman”

Dahshat! “Qurbonlarni tanlamaganman. O‘ldirgim kelgani uchun o‘ldirganman”

Ekaterinburgda Uktusda ikki qizning o‘ldirilishida gumon qilingan shaxs ushlandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil 26 avgust kuni 34 yoshli Aleksey Aleksandrov dam olayotgan ikki qizning yoniga borgan. Ular bilan biroz suhbatlashgandan so‘ng esa otib tashlagan. Bu haqda URA.RU  xabar bermoqda.

Kseniya Soltanova voqea joyida halok bo‘lgan, dugonasi Natalya Kuznesova esa ikki kundan so‘ng kasalxonada vafot etgan.

Siz ko‘rayotgan suratdagi erkak esa o‘sha gumondor.

"Kommersant" xabariga ko‘ra, gumondor Kalinin nomidagi muhandislik zavodida muhandis bo‘lib ishlagan, bu yerda “S-300” va “Buk” zenit-raketa tizimlari ishlab chiqariladi.

Hayotda o‘zini vazmin, xotirjam va mehribon insonday tutadigan gumondor bo‘sh vaqtlarida suratga tushishni yaxshi ko‘rgan - ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida 1000 ga yaqin suratlari bo‘lib, ularning aksariyatini qizlarning fotosuratlari va shahar manzaralari tashkil etadi. Uning xotini va bolasi ham bor. Do‘stlarining aytishiga qaraganda, Aleksey havas qilsa arzugulik inson.

Ma’lum bo‘lishicha, Aleksandrov bir necha oy davomida jinoyatni rejalashtirgan. Tintuv davomida esa kvartirasidan bir nechta pnevmatik qurollar topilgan.

So‘roq paytida esa “Qurbonlarni tanlamaganman. O‘ldirgim kelgani uchun o‘ldirganman”, deya ta’kidlagan.

Kiritildi: 21:30 11.12.2019. O'qildi: 5532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!