Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Dahshat! Jizzaxlik erkak xotinini o‘ldirib, ko‘mib, keyin qidiruvga berdi

Dahshat! Jizzaxlik erkak xotinini o‘ldirib, ko‘mib, keyin qidiruvga berdi

Joriy yilning 20 may kuni Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi 53 yoshli erkak ichki ishlar organiga o‘z rafiqasining Toshkentga ketib bedarak yuqolgani borasida murojaat qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, shaharning “Navro‘z” mahallasida yashovchi fuqaro T.SH. o‘z arizasida shu yilning 1 may kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasidagi uylardan birida doimiy ro‘yxatda turgan 1965 yil tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i S.M. uyidan poytaxtga boraman deb chiqib ketib, qaytib kelmagani ma’lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasining olib borgan tezkor qidiruv, surishtiruv ishlari davomida jinoyat alomatlari topildi. Jizzax shahri “Navro‘z” mahallasi O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro T.B.ning ko‘rsatmasida akasi T.SH. turmush o‘rtog‘i S.M.ni o‘ldirganligi aytildi. Ayolning jasadi A.Temur mahallasi hududidagi yer maydoniga ko‘mganligi ma’lum bo‘ldi.

Aytilgan joy xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda ayol jinsiga mansub jasad topildi. Tekshiruvlarga ko‘ra, marhumaning o‘limiga “To‘mtoq jism bilan yetkazilgan bosh miya yopiq jarohati” sabab bo‘lgan.

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot multimedia guruhining ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:11 13.07.2019. O'qildi: 3535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!