Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshat! Bog‘chaga kelgan erkak tarbiyachi ayolni 22 marta pichoqladi

Dahshat! Bog‘chaga kelgan erkak tarbiyachi ayolni 22 marta pichoqladi

Kostanayda (Qozog‘iston) bolalar bog‘chasi hududida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etildi. Qotillikka urinish to‘g‘risidagi ish viloyatning maxsus jinoiy sudida ko‘rib chiqila boshladi, deb xabar beradi “alau.kz”.

Jinoyat 17 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Anuarbek Turebayev, taxminan soat o‘n birda mast holda o‘zi birga yashovchi ayol bilan gaplashib olmoqchi bo‘lgan. Buning uchun esa u o‘sha ayol tarbiyachi bo‘lib ishlaydigan bog‘chaga kelgan.

“Mojaro paytida erkak Saginbayeva bilan mojaroga borib, uning yuziga musht bilan urgan. Shuningdek, yetarli kuch bilan kamida 22 marta ayolning bosh, ko‘krak, qorin, bo‘yin, yelka qismlariga pichoq bilan urgan, shuningdek, ko‘kragiga zarba bergan», – dedi prokuror Amangeldi Raxmetjanov.

Ma’lum bo‘lishicha, Anuarbek doim o‘zi bilan pichoq olib yuradi va uni qoramol so‘yish uchun ishlatadi. 32 yoshli ayol ko‘plab jarohatlarga qaramay, tirik qoldi. Chunki erkak ayolni kaltaklay boshlaganida guvohlar tomonidan o‘z vaqtida yordam berilgan. Endi Turebayev qotillikka urinishda ayblanmoqda.

Anuarbek Turebayev sudda aybini tan oldi, ammo ayolni o‘ldirishni istamaganini ta’kidladi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak jabrdiyda ayol bilan 11 yil birga yashagan va ularning umumiy o‘g‘li bor.

Kiritildi: 10:42 13.12.2019. O'qildi: 5367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!