Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshat! AQShda butun boshli harbiylar oilasi o‘ldirib ketildi

Dahshat! AQShda butun boshli harbiylar oilasi o‘ldirib ketildi

Texasning San-Antonio shahridagi uylardan biridagi mashinada olti kishining, jumladan, 11 oylikdan to‘rt yoshgacha bo‘lgan to‘rt bolaning jasadi topildi. Uyda ikkita o‘lik mushuk ham topilgan. Bu haqda 5 iyun, juma kuni The New York Post nashri xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari amerikalik oilaning o‘limi sababini aniqlashmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, payshanba kuni garajga qo‘yilgan mashinada dahshatli qotillik sodir bo‘lgan.

San-Antonio polisiyasi boshlig‘i Uilyam Makmanusning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning jasadlariga qarash dahshatli edi. "Buni ta’riflab bo‘lmaydi", – dedi u. Milisionerning ta’kidlashicha, o‘ldirilgan oila harbiylar oilasi, er-xotinlar taxminan 30 yoshda bo‘lgan. Ular yanvar oyida ko‘chib kelishgan. Shu bilan birga, mahalliy aholi oila haqida hech narsa bilmaydi va ular bilan ilgari tanish bo‘lmagan.

Polisiya boshlig‘ining ta’kidlashicha, old eshikka "Jasadlar uy ichida, hayvonlar muzlatkichda", deb yozilgan edi. Uyga kirgan polisiyachilar hidni payqashdi, keyin u uglerod oksidi ekanligi aniqlandi.

Uyda portlovchi moddalar bo‘lishi mumkinligi tufayli huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari sapyorlarni chaqirishdi. Ular robot-mashina yordamida xonalarni ko‘zdan kechirishdi, lekin hech narsa topilmadi.

Kiritildi: 16:29 05.06.2020. O'qildi: 9723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!