Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

"COVID" odamlarning fe’l-atvorini o‘zgartirdimi?

"COVID" odamlarning fe’l-atvorini o‘zgartirdimi?

Amerikalik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, yoshlar ko‘proq stressga moyil bo‘lib, ishonchsiz bo‘lib qolishgan, deya ma’lum qilmoqda Vaksinauz telegram kanali.

Tadqiqotga ko‘ra, COVID pandemiyasining ta’siri shunchalik chuqur bo‘lganki, u odamlarning fe’l-atvorini o‘zgartirgan.

Ilgari psixologlar zilzilalar yoki bo‘ronlar kabi jamoaviy stressli holatlar va shaxsiyat o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topa olishmagan edi. Biroq, yo‘qotishlar yoki uzoq muddatli ijtimoiy izolyasiya odamlarga ta’sir qilganga o‘xshaydi.

"Yoshlar injiqroq va stressga moyil, ishonchsiz, hamkorlik qilishdan qochadigan, mas’uliyatsiz bo‘lib qolishdi", deydi Florida universiteti tibbiyot kolleji professori Anjelina Sutin boshchiligidagi tadqiqot mualliflari.

Sutin va uning hamkasblari «Amerikani tushunish» onlayn so‘rovida qatnashgan 7109 nafar kishining fe’l-atvorini pandemiyadan oldin va pandemiya davomida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida baholashgan. Ishtirokchilar beshta xususiyatni — nevrotizm, ekstraversiya, ochiqlik, xushmuomalalik va vijdonlilikni o‘lchaydigan keng qo‘llaniladigan shaxsiy testlarni to‘ldirishgan.

Kiritildi: 22:45 30.09.2022. O'qildi: 2374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!