Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

COVID-19 qarshi vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

COVID-19 qarshi vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Keyingi yarim yil ichida koronavirusga qarshi dori paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Erazm (Niderlandiya) universiteti biologiya professori Frenk Grosveld ma’lum qildi, deya xabar beradi NLTimes.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning birinchi antitelalari shu yilning mart oyida topilgan, aynan shu preparatning erta paydo bo‘lishiga umid bag‘ishlamoqda.

Shuningdek, professor ushbu vositani tirik mavjudotlar ustida sinashda sezilarli yutuqlarga erishganini qayd etdi.

"Dori besh-olti oy ichida tayyor bo‘ladi" dedi u.

Dori vositasini ishlab chiqish Amerika kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

"Ushbu antikor SARS1 ga javob beradi. Bundan tashqari, hozirgi koronavirus bilan kurashadi. Bu SARS2 nomi bilan ham tanilgan. Agar SARS3 bo‘lsa, unga ham yaxshi javob beradi", deydi olim.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, Niderlandiya hukumati ushbu tadqiqotga bir necha yuz ming yevro sarmoya kiritgan.

 

 

 

 

 

Kiritildi: 21:16 01.06.2020. O'qildi: 7590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!