Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Consort xususiy bandlik agentligi”ga berilgan lisenziya to‘xtatildi

“Consort xususiy bandlik agentligi”ga berilgan lisenziya to‘xtatildi


 “Consort xususiy bandlik agentligi” MCHJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga  “Consort xususiy bandlik agentligi” MCHJ faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan. 

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respbulikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomining» 45-bandiga muvofiq, “Consort xususiy bandlik agentligi” MCHJ lisenziyasining amal qilishini 10 ish kuni muddatiga to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

10 kun davomida “Consort xususiy bandlik agentligi” MCHJ tomonidan Nizomning 46-bandiga binoan keltirilgan holatlarni ijobiy hal qilish talab qilinadi.

Kiritildi: 17:31 25.02.2020. O'qildi: 1878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!