Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«Cobalt», «Gentra» hamda «Spark» maxsus jihozlay boshlandi

«Cobalt», «Gentra» hamda «Spark» maxsus jihozlay boshlandi

Xabar.uz'ning yozishicha, UzAuto Motors kompaniyasi imkoniyati cheklangan, oyoqlarida nuqsoni bo‘lgan haydovchilarga moslashtirish uchun qo‘l bilan boshqariladigan maxsus qurilma bilan qayta jihozlashni boshladi.

«Qo‘lda boshqarish qurilmasi xaridorning buyurtmasiga asosan Cobalt, Gentra hamda Spark rusumli avtomobillarga rasmiy dilerlik markazlarida o‘rnatiladi. Qurilma O‘zbekiston davlat standartlashtirish agentligining barcha talablariga javob beradi.

Tayanch-harakat a’zosi funksiyasi buzilgan haydovchilar uchun mo‘ljallangan maxsus moslama faqat to‘liq qurilmaning zaruriy elementlari bilan jihozlangan», deyiladi UzAuto Motors xabarida.

Uskunani o‘rnatish bo‘yicha savollar bilan vakolatli dilerlarga murojaat qilish mumkin.

Kiritildi: 09:30 16.01.2020. O'qildi: 4742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!