Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Cho‘ntagida dirhami bor milliarder: Durovning yillik daromadi qancha?

Cho‘ntagida dirhami bor milliarder: Durovning yillik daromadi qancha?

Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda hibsda bo‘lganida so‘roq paytida yiliga 1 BAA dirhami (taxminan 27 Amerika senti) olishini aytdi, deb yozadi Le Monde.

2017 yilda Durov soliqlar yo‘qligi sabab Telegram shtab-kvartirasini Berlindan Dubayga ko‘chirdi. 2022 yilda tadbirkor BAA fuqaroligini oldi.

Forbes dunyo ro‘yxatida Durov 15,5 milliard dollar boyligi bilan 127-o‘rinni egalladi. Financial Times nashriga bergan intervyusida tadbirkor Telegram'ning IPO'ga chiqishidan oldin kompaniya 30 milliard dollarga baholanganini aytdi.

Kiritildi: 14:29 26.09.2024. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!