Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

«Chorsu» mehmonxonasini BAA kompaniyasi xarid qildi

«Chorsu» mehmonxonasini BAA kompaniyasi xarid qildi

Majmua shu yil yanvarida qaytadan sotuvga qo‘yilgan, investision majburiyatlar bilan birga boshlang‘ich narxi 1 so‘m etib belgilangan edi.

E-ijro Auksion ma’lumotiga tayanib Spot bergan xabarga ko‘ra, mehmonxona fevral oyida 16,9 mlrd so‘mga sotilgan.

10 soatdan ortiqroq davom etgan auksion g‘olibi – 16,9 mlrd so‘m taklif qilgan, bosh shtab-kvartirasi Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan «Ittihad International Investment LLC» kompaniyasi bo‘lgan.

Auksion chog‘ida «Fajr Mustaqbal General Trading LLC» bundan biroz kamroq summa – 16,8 mlrd so‘m taklif qilgan.

Auksion shartiga ko‘ra, sarmoyadorga 2 yil mobaynida hukumat kafolatlarisiz kamida 25 mln dollarga teng ekvivalentda investisiyalar kiritishi, 3 yulduzli mehmonxona xizmatini tashkil etishi hamda 150ta yangi ish o‘rni yaratish talablari qo‘yilgandi.

Shuningdek, aktivning yangi xo‘jayini majmuaning asosiy faoliyat yo‘nalishi (mehmonxona xizmatlari)ni 10 yil davomida o‘zgartirmaslik majburiyatini olgan. Majmuaning bir qismida (umumiy maydonining 50 foizdan oshmagan hududda) biznes-markaz xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

Agar bino buziladigan bo‘lsa, yangisining dizayni avvalgisi bilan bir xil bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, «Chorsu» mehmonxona majmuasi 2018 yil martida «Inter Tourism» MCHJ shaklidagi xorijiy korxonaga 2017 – 2019 yillar mobaynida hukumat kafolatisiz 33 mln dollar miqdorida investisiya kiritish orqali 270 o‘ringa mo‘ljallangan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini qurish va 350 ta yangi ish o‘rnini yaratish sharti bilan sotilgan edi.

Bu yerda Eski shahar nomli turistik markaz qurilishi rejalashtirilgandi.

Ammo xorijiy korxona oldi-sotdi shartnomasida belgilangan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagani sababli, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil iyuldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi. So‘ng majmua qaytadan auksionga chiqarildi.

Kiritildi: 09:10 28.05.2020. O'qildi: 4067 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!